Brauzer sozlamalari haqida savol-javoblar

Sozlamalarni qayerdan topish mumkin?

Yuqori oʻng burchakda Sozlamalar tugmasini bosing.

Kerakli sozlamaga tezda oʻtish uchun uning nomini sahifaning yuqori chap burchagidagi qidiruv katagiga kiriting.

Brauzer interfeysi haqida batafsil Brauzer va yangi varaq koʻrinishi maqolasida.

Yandex Brauzer boshlangʻich sahifasi

Birlamchi (bosh) sahifa oʻrniga, Yandex Brauzer ishga tushganida yoki eng koʻp kirilgan sahifalardan iborat Тablо yoki oldin ochilgan varaqlar va guruhlarni aks ettiradi. Odatda varaqlar va guruhlar ochiladi.

Tabloni ochish
  1. SozlamalarInterfeys tugmasini bosing.

  2. Varaqlar va guruhlar ruknida Ishga tushganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar ro‘yxatini tiklash bandini yoqing.

Eski varaqlar bilan birga yangisini ochish
  1.  → Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
  2. Varaqlar va guruhlar boʻlimida Yana yangi varaq ochish parametrini yoqing.
Yandexni asosiy sahifa etib belgilash
  1.  → Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
  2. Quyidagi parametrlarni yoqing:
    1. Ishga tushirilganda oyna varaqlari va biriktirilgan guruhlar roʻyxatini tiklash
    2. Agar varaqlar boʻlmasa, ya.ru sahifasini ochish

Tezkor kirish uchun varaqni ekranning yuqori chap burchagiga qadashingiz mumkin:

  1. Varaqni oʻng tugma bilan bosing.
  2. Kontekst menyusidan Varaqni mahkamlash parametrini tanlang.

Kontekst menyusining koʻrinishini qanday oʻzgartirish mumkin?

Sayt sahifasida matnni belgilaganingizda, Brauzer sizga belgilangan qism bilan ishlash uchun kontekst menyuni koʻrsatadi. Masalan, siz matnni nusxalashingiz, unga ovoz berishingiz yoki chop etishingiz mumkin. Kontekst menyu tugmali kichik panel ko‘rinishida yoki buyruqlarning matnli roʻyxati shaklida boʻlishi mumkin.

Vositalar paneli

Uskunalar paneli belgilangan parchani nusxalash, uni Yandexda topish, tarjima qilish, chop etish, ovoz berish va boshqalarga yordam beradi. Butun vositalar roʻyxatini ochish uchun tugmasini bosing.

Vositalar panelini faolsizlantirish:

  1. SozlamalarVositalar tugmasini bosing.

  2. Mavzuli menyu boʻlimida Matn tanlanganda vositaalar panelini koʻrsatish parametrini faolsizlantiring.

Buyruqlarning matnli roʻyxati

Matn parchasida sichqonchaning oʻng tugmasi bosilganda paydo boʻladigan kontekst menyudan foydalanishingiz mumkin. Bu yerda buyruqlar roʻyxati vositalar panelidagga qaraganda biroz kengroq, masalan, sahifa boʻylab matnni qidirish mumkin. Kontekst menyuni faolsizlantirish imkonsiz, lekin ixchamroq qilish mumkin:

  1. SozlamalarVositalar tugmasini bosing.

  2. Kontekst menyusi boʻlimida Ixcham menyudan foydalanish parametrini yoqing.

Shundan keyin buyruqlarning bir qismi Qoʻshimcha boʻlimiga oʻtadi.

Brauzer sozlamalari asliga qaytarilganida nima bo‘ladi?

Brauzer sozlamalarini tashlash natijasida standart holatda sozlamalar tiklanadi:

Brauzer sozlamalarini tiklash uchun:

  1. SozlamalarTizim tugmasini bosing.

  2. Sozlamalarni tozalash ustiga bosing.

  3. Sozlamalarni tiklashni tasdiqlang.

Vazifalar paneliga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?

Ishga tushirish menyusidan yoki ish stolidan

  1. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan Brauzer yorlig‘ini bosing (ish stoli yoki Ishga tushirish menyusida).
  2. Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.

Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.

Vazifalar panelidan

  1. Brauzerni oching.
  2. Vazifalar panelidagi Brauzer belgisini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
  3. Vazifalar paneliga qadash bandini tanlang.

Agar vazifalar panelidan Brauzer yorligʻini olib tashlashni istasangiz, Vazifalar panelidan ajratish bandini tanlang.

Boshlash menyusidagi birlamchi ekranga Brauzerni qanday mahkamlash mumkin?

  1. Brauzer yorlig‘ini sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosing.
  2. Birlamchi ekranga qadash bandini tanlang.

Birlamchi ekrandan olib tashlash bandi yordamida amalni bekor qilishingiz mumkin.

MacOS tizimida Brauzer dastur ma’lumotlariga qanday kirishi mumkin

MacOS 10.14 Mojave operatsion tizimida dastur ma’lumotlariga kirish avtomatik ravishda cheklangan. Brauzer boshqa ilovalar (masalan, boshqa brauzerlar) ma’lumotlariga kirish imkoniyatini olishi uchun:

  1. Ekranning yuqori chap burchagida  → Tizim sozlamalari tugmasini bosing.
  2. Himoya va xavfsizlik bandini bosing.
  3. Maxfiylikni bosing.
  4. Oynaning pastki chap burchagida ni bosing.
  5. Universal kirish boʻlimida bayroqchani Yandex Brauzer qatori yoniga o‘rnating.

Linux platformasida standart oyna shaklini qanday qaytarish mumkin

Standart holatda Brauzer Linux platformasida tizim hoshiyasidan foydalanmaydi va boshqaruv elementlarini almashtiradi. Agar standart oyna shaklini va Linux elementlar boshqaruvini qaytarishni istasangiz:

  1. Aqlli qatorga browser://flags manzilini kiriting
  2. Qidiruv qatoriga #enable-system-frame bayrogʻini kiriting
  3. System window controls parametrini yoqing.
  4. Brauzerni qayta ishga tushiring va natijani tekshiring.

Diqqat

Bo sozlama tajriba uchun tatbiq etilgan boʻlib, uni yoqqaningizdan keyin Brauzer ishida muammolar kuzatilishi mumkin. Bunday holda parametrni faolsizlantiring va bizga shakl orqali yozing.

Fon rejimi nimaga kerak?

Sharh

MacOS tizimida fon rejimi ishlamaydi.

Fon rejimida Brauzer funksiyalaridan bir qismi u yopilgandan keyin ham ishlaydi va kompyuter yoqilganda avtomatik ravishda ishga tushadi. Yopiq holatdagi Brauzer belgisi Windows xabarnomalari panelida koʻrinadi.

Fon rejimidagi Brauzer ishining afzalliklari:

  • antivirus bazalari tez-tez yangilanadi;
  • ishga tushirilganda Brauzer tezroq ochiladi (bu koʻp varaqlar ochilganda muhim);
  • saytlardan bildirishnomalar keladi;
  • fon kengaytmalari (proksi kengaytmalari kabi) ishlaydi.

Sharh

Fon rejimida ishlayotganda Brauzer foydalanuvchining harakatlarini kuzatmaydi. Lekin kompyuter resurslarini kam sarflaydi.

Fon rejimini sozlash

  1. SozlamalarTizim tugmasini bosing.

  2. Fon rejimi boʻlimida fon rejimini sozlash uchun ikkita variant mavjud:

    • Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish;
    • Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish.

U yoki bu parametrning yoqilishiga qarab, Brauzer fon rejimida turlicha ishlaydi.

Fon rejimi variantlari

Fon rejimi parametrlari

Brauzer xatti-harakati

1

Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish

Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish

Fon rejimida push-bildirishnomalar, fon kengaytmalari va yangilanishlar ishlaydi, Brauzer tezroq ishga tushadi va treyda uning belgisi aks etadi.

2

Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish

Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish

3

Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish

Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish

Fon rejimi minimal resurs sarflaydi va faqat Brauzerni ishga tushirishni tezlashtirish uchun ishlatiladi.

4

Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish

Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish

Brauzer fonda ishlamayapti.

Brauzer ishlashi uchun optimal rejim - ikkala yoqilgan parametr.

Bildirishnomalar katagidagi Brauzer belgisini qanday oʻchirish mumkin?

Agar siz Brauzerni yopsangiz, lekin uning belgisi bildirishnomalar panelida qolsa, Brauzer fon rejimida ishlaydi. Brauzerning barcha jarayonlarini yakunlash uchun sichqonchaning oʻng tomoni bilan bildirishnomalar paneliga bosing va Brauzerni yopishni tanlang.

Brauzer fonda ishlashini taqiqlash uchun:

  1. SozlamalarTizim tugmasini bosing.

  2. Fon rejimi boʻlimida parametrlarni faolsizlantiring:

    1. Brauzerni fondagi jarayonlar hisobiga ishga tushirishni tezlashtirish
    2. Brauzer belgisini treyda koʻrsatish va fonda Brauzer funksiyalarini bajarishga ruxsat berish

“Yandex” tugmasi qanday olib tashlanadi

Tugma chap tomondagi Aqlli satrda joylashgan. Uni olib tashlash uchun:

  1. Brauzer oynasining yuqori oʻng burchagidagi  → Sozlamalar → Interfeys tugmasini bosing.
  2. Umumiy boʻlimida “Yandex” tugmasini koʻrsatish parametrini faolsizlantiring.

Kerakli sozlamalar mavjud emas

Agar baʼzi sozlamalarni koʻrmasangiz yoki ularni oʻzgartira olmasangiz, katta ehtimol bilan siz Tashkilotlar uchun Yandex Brauzerdan foydalanyapsiz va cheklovlar guruh siyosatlari tomonidan oʻrnatilgan.

Sozlamalarga oʻzgartirish kiritish uchun tizim administratoriga murojaat qiling.

Agar Tashkilotlar uchun brauzerdan adashib foydalanayotgan boʻlsangiz, Brauzerning oddiy versiyasini oʻrnating.

Yordam xizmatiga yozish

Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin - Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.

Keyingisi