Cookie-fayllar

Cookie-fayl nima

Diqqat

Standart holatda Yandex Brauzerda cookie fayllarni saqlashga ruxsat beriladi.

Cookie (kuki) — veb-server tomonidan yuboriladigan va foydalanuvchi kompyuterida saqlanadigan kichik ma’lumot. Cookie-faylda siz haqingizda ma’lumot saqlanadi. Masalan, login va parol, joylashuv, til sozlamalari, internet-do‘kon qutisidagi tovarlar ma’lumotlari.

  • Avtorizatsiya talab etilgan saytda siz har safar login va parolni kiritishingiz talab etilmaydi.
  • Agar buyurtma bersangiz va internet-do‘kondan chiqib ketib, keyin qaytib kelsangiz – tovarlar qutida saqlanadi.
  • Agar ob-havo ma’lumotlari saytiga birinchi kirganda shaharni ko‘rsatgan bo‘lsangiz — sayt qaytib sizdan buni so‘ramaydi.

Veb-analitika vositalarida (masalan, Yandex Metrika) cookie-fayllardan foydalanuvchining Internetdagi xatti-harakatlarini kuzatish uchun foydalaniladi.

  • Agar cookie-fayllar login va parollarni saqlasa, begona shaxs sizning kompyuterdagi hisobingizga kirishi mumkin.
  • Agar yovuz niyatli shaxs cookie-fayllarni qo‘lga kiritsa, u sizning shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Ulardan asabga tegadigan reklama ko‘rsatishda foydalanish mumkin.

Umuman olganda, cookie-fayllarni faolsizlantirish foydadan ko‘ra ko‘proq noqulaylik keltiradi. Agar ma’lumotlaringiz oshkor bo‘lishidan maksimal himoyalanmoqchi bo‘lsangiz, cookie-fayllarni o‘chiring. Ayrim saytlar bundan keyin yaxshi ishlamasligi mumkin.

Agar vaqti-vaqti bilan cookie-fayllarni o‘chirib tursangiz, shaxsiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi xavfini kamaytirasiz va qattiq disk xotirasini tejaysiz. Brauzer cookie-fayllar uchun xotira ajratadi va agar siz ko‘p saytlarga tashrif buyursangiz, xotira hajmi sezilarli darajada bo‘lishi mumkin.

Hamma cookie-fayllar

Diqqat

Agar barcha cookie-fayllar o‘chirilsa, siz avtomatik ravishda hamma saytlardagi hisobingizdan chiqib ketasiz, savatdagi tovarlar yo‘qolishi va geojoylashuvlar o‘zgarishi mumkin.

  1. Ctrl + Shift + Del (Windows-da va Linux) yoki Shift + + Backspace (macOS da) tugmalarini bosing. Yoki  → Tarix → Tarixni tozalash ustiga bosing.

  2. Tarixni tozalash roʻyxatida cookie-fayllarni tozalash uchun davrni tanlang.

  3. Cookie-fayllar va sayt va modullarning boshqa ma’lumotlari bandini tanlang (agar siz faqat cookie-fayllarni o‘chirishni xohlasangiz, qolgan variantlarni faolsizlantiring).

  4. Tozalash tugmasini bosing.

  1.  → Sozlamalar → Saytlar → Saytlarining kengaytirilgan sozlamalari. tugmasini bosing.
  2. Cookie-fayllar bo‘limida Cookie fayllar va sayt ma’lumotlari → Hammasini o‘chirish tugmasini bosing.

Bitta sahifa cookie-fayllari
  1. Sayt sahifasini oching.

  2. Aqlli satrda ulanish holati belgisini bosing.

  3. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda Batafsil tugmasini bosing.

  4. <...> ushbu sayt uchun cookie-fayllar havolasini bosing. Cookie-fayllar ro‘yxati bor oyna paydo bo‘ladi.

  5. Kerakli cookie-faylning o‘ng tomonidagi belgini bosing .

  1. SozlamalarSaytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Cookie-fayllar bo‘limida Cookie fayllar va sayt ma’lumotlari tugmasini bosing.

  4. Chapdagi qidiruv satrida sayt nomini kiritishni boshlang.

  5. Kerakli sayt aks etgan satr ustiga sichqonchani yo‘naltiring va O‘chirish tugmasini bosing.

Cookie-faylni saqlashni taqiqlash

Sukut bo‘yicha, barcha saytlar cookie-fayl saqlashiga ruxsat etilgan.

Hamma cookie-fayllar
  1. SozlamalarSaytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Cookie-fayllar bo‘limida Taqiqlangan xususiyatini yoqing.

Sharh

Gohida saytlarda trekerlarga duch kelish mumkin (masalan, siz haqingizda ma’lumot to‘playdigan reklama bannerlari). Ularning ishini taqiqlash uchun Tashqi cookie-fayllarni cheklash yoki Tashqi cookie-fayllarni bloklash parametrlarini tanlang.

Bitta sahifa cookie-fayllari
  1. Sayt sahifasini oching.

  2. Aqlli satrda ulanish holati belgisini bosing.

  3. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda Batafsil tugmasini bosing.

  4. <...> ushbu sayt uchun cookie-fayllar havolasini bosing. Cookie-fayllar roʻyxati bor oyna paydo boʻladi.

  5. Kerakli cookie-faylning o‘ng tomonida  → Ma’lumotlar saqlanishini taqiqlash tugmasini bosing.

Brauzer sozlamalarida siz cookie-fayl uchun istisnolar o‘rnatishingiz mumkin.

Batafsil maʼlumot

Cookie-faylni saqlashga ruxsat berish

Sukut bo‘yicha, barcha saytlar cookie-fayl saqlashiga ruxsat etilgan. Agar cookie-fayllarni saqlashni taqiqlagan bo‘lsangiz, ruxsat bering.

Hamma cookie-fayllar
  1. SozlamalarSaytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Cookie-fayllar bo‘limida Ruxsat etilgan xususiyatini yoqing.

Bitta sahifa cookie-fayllari
  1. SozlamalarSaytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Cookie-fayllar bo‘limida Saytlar sozlamalari xususiyatini yoqing.

  4. Ochilgan sahifa ro‘yxatida Taqiqlangan yoki Faqat seans uchun yorligi‘ni bosing.

  5. Kerakli sayt aks etgan satr ustiga sichqonchani yo‘naltiring va Ruxsat berish tugmasini bosing.

“Sahifa ishlamayapti. Sayt juda ko‘p marta qayta yo‘naltirishni amalga oshirdi” xatosi

Sayt sahifasi o‘rnatgan cookie-fayllarni o‘chirib tashlang

  1. Xatolik yuz bergan sahifadagi Aqlli qatorda ulanish holati belgisini bosing.

  2. Protect paneli ochiladi. Ulanish holati ko‘rsatilgan bo‘limda Batafsil tugmasini bosing.

  3. <...> ushbu sayt uchun cookie-fayllarni bosing. Cookie-fayllar roʻyxati bor oyna paydo boʻladi.

  4. Kerakli cookie-faylning o‘ng tomonidagi belgini bosing.

Tashqi saytlar cookie-fayllarini saqlashga ruxsat bering

  1. SozlamalarSaytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Cookie-fayllar bo‘limida Ruxsat etilgan xususiyatini yoqing.

Yordam xizmatiga yozish

Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin - Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.

Keyingisi