Trekerlar

Trekerlar nima

Cookie-fayllari ichki va tashqi boʻladi (trekerlar).

Ichki cookie-fayllar — bu kichik matnli fayllar boʻlib, brauzer ularga siz tashrif buyurgan saytlar maʼlumotlarini yozadi. Cookie-fayllari saytlarga oʻz tashrif buyuruvchilarini «eslab qolish» imkoniyatini beradi, masalan, har safar login va parollarini soʻramaslik uchun.

Trekerlar (tashqi cookie-fayllar yoki third-party cookies) — sayt dasturiy kodining kichik fragmentlaridir. Sayt ochilganda treker avtomatik yuklanib, axborot jamlaydi (masalan, manzil, qurilma turi yoki IP-manzili) va uni trekerni egasiga uzatadi. Trekerni sayt administratori va uning hamkorlari joylashtirishi mumkin. Misol uchun, siz ochgan saytda http://www.example.org saytiga tegishli banner mavjud. Bu banner sizning faoliyatingiz haqidagi maʼlumotni saytda saqlaydigan cookie-faylni brauzerda qoldiradi. Agar reklama bannerini oʻz ichiga olgan http://www.example.org saytiga kirsangiz, reklama tarmogʻi mazkur tashriflarni oʻzaro ulaydi.

Trekerlar nima uchun foydali

  • Trekerlar yordamida sayt egasi nechta foydalanuvchi qaysi hududlardan hamda qaysi qurilmalardan uning saytiga kirayotganini baholaydi. Bu maʼlumotlar saytni auditoriya ehtiyojlari uchun optimallash imkonini beradi.
  • Trekerlar bir nechta saytlarda umumiy logindan foydalanish imkonini beradi.

Mustaqil kirilgan saytlardagi trekerlar (masalan, ijtimoiy tarmoqlar) katta ehtimol bilan yaxshi maqsadda ishlatilmoqda.

Yomon maqsadda ishlatish namunalari

Yomon maqsaddagi trekerlar egalari telefon raqami yoki elektron pochta manzili kabi saytga kiritilgan shaxsiy axborotlarni tashqi kompaniyalarga uzatishi va sotishi mumkin. Buning natijasida esa keraksiz reklama mavjud xatlarni olishingiz yoki telefoningiz raqamini qoldirmagan reklamachilardan asabga tegadigan chaqiruvlarni qabul qilishingiz mumkin.

Yomon maqsaddagi trekerlarning axborotlardan bu kabi foydalanishini sizning maxfiyligingizga daxl qilish deb baholaymiz. Uni himoya qilish maqsadida Yandex Brauzer uchun Protect faol himoya tizimiga kiruvchi maxsus YTP texnologiyasini ishlab chiqdik.

YTP nima

Your Tracking Protection (YTP) texnologiyasi trekerlar ishini cheklashga yordam beradi va shaxsiy axborotlarni qaysi resurslarga ishonish amalini tanlashda imkoniyat yaratadi.

YTP asosida oddiy qoida yotadi: u faqat siz kirgan saytlarga tegishli trekerlarni ishga tushiradi. Faqat ular bir-biriga sizning maʼlumotlarni yuborishi va sizga mos reklama eʼlonlarini koʻrsatishi mumkin. Agar siz saytga 45 kun kirmagan boʻlsangiz, u holda Brauzer uning trekerlarini bloklay boshlaydi.

Reklama tufayli saytlarning egalari daromad oladi, siz esa sahifalarni koʻrish uchun pul toʻlamaysiz. Yandex xizmatlarning bepul boʻlishi va asabga tegmaydigan reklama orasidagi muvozanatni qidiradi.

Shu tariqa internet siz uchun qulay holatda qoladi (masalan, bir necha sayt uchun umumiy logindan foydalanish mumkin), saytlar esa mehmonlarni keraksiz reklama bilan bezovta qilmasdan oʻz faoliyatini davom ettira oladi.

Trekerlar bloklangan sahifalar tezroq yuklanadi.

Bundan tashqari, YTP texnologiyasi sahifada qaysi trekerlar ishlayotganiga razm solish va ular orasidan shubhalilarini bloklash imkonini beradi.

Barcha saytlar uchun trekerlarni bloklash

  1. SozlamalarSaytlar tugmasini bosing.

  2. Sahifani pastga torting va Saytlarning kengaytirilgan sozlamalari tugmasini bosing.

  3. Cookie-fayllar boʻlimida bloklash variantini tanlang:

    • Tashqi cookie-fayllarini cheklash — bu funksiya orqali ularga faqat siz kirgan saytlarni ishlatishga ruxsat berish.

    • Tashqi cookie-fayllarini bloklash — barcha saytlar uchun ularni qulflash.

Trekerlarni saytda bloklash

  1. Aqlli qatorda chap tomondagi ulanish holati belgisini bosing. Protect paneli ochiladi.

  2. Reklama va trekerlarni bloklash boʻlimida Sozlash... tugmasini bosing. Oʻng tomonda Maxfiylik oynasi ochiladi.

  3. Bu veb-sahifadagi trekerlar boʻlimida kerakli trekerni toping, uning oʻng tomonidagi  tugmasini bosing va tanlang:

    • Butunlay bloklash, blokirovkani bekor qilmaguningizcha trekerni bloklash uchun.

    • Trekerni ochish uchun Blokdan chiqarish tugmasini bosing.

Agar sayt trekerlarsiz ishlamasa

Ayrim saytlar tashqi cookie-fayllarsiz normal faoliyat yuritolmaydi (saytning bir qismi ishlamaydi, masalan, chipta xarid qilganda joyni tanlash imkoni boʻlmaydi). Agar sayt buzilsa, trekerlar bloklanishini faolsizlantirishga urining:

  1. Aqlli qatorda ulanish holati belgisini bosing. Protect paneli ochiladi.

  2. Reklama va trekerlarni bloklash boʻlimida Sozlash... tugmasini bosing. Oʻng tomonda Maxfiylik oynasi ochiladi.

  3. Bu veb-sahifadagi trekerlar boʻlimida Sayt ishlamayaptimi? bandini bosing.

  4. Ochilgan oynada Tashqi cookie-fayllariga ruxsat tugmasini bosing.

  5. Sahifani yangilash uchun ochilgan xabarda Yangilash tugmasini bosing.

Trekerlardan himoyani qaytarish uchun:

  1. Aqlli satrda ulanish holati belgisini bosing. Protect paneli ochiladi.

  2. Reklama va trekerlarni bloklash boʻlimida Sozlash... tugmasini bosing. Oʻng tomonda Maxfiylik oynasi ochiladi.

  3. Bu veb-sahifadagi trekerlar boʻlimida Himoyani yoqish bandini bosing.

  4. Sahifani yangilash uchun ochilgan xabarda Yangilash tugmasini bosing.

Batafsil maʼlumot

Yordam xizmatiga yozish

Manzil satriga qidirish soʻrovlarini kiritish mumkin - Brauzer sizga nima kerak ekanini oʻzi tushunadi.

Keyingisi